Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi
Isroilning Gʻazo janubidagi Xon-Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida “BBC” nashri xabar berdi.
Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida HAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.
Maʼlum boʻlishicha, Al-Bardavil mamlakatdagi taniqli shaxslardan biri hisoblanib, u doimiy ravishda mahalliy ommaviy axborot vositalarida koʻrinish berib turgan.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Bardavil hamda uning rafiqasi namoz oʻqiyotgan chogʻda ularning chodiriga Isroil raketasi kelib tushgan. Mazkur hujumlar oqibatida Xon-Yunis hududida 18 nafar, 24 soat ichida esa mamlakatning boshqa hududlarida 32 nafar falastinlik halok boʻlgan.
Maʼlumot uchun, deyarli ikki oy davom etgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining birinchi bosqichi yakunlangach, Isroil hukumati hafta boshidayoq Gʻazo sektoriga kuchli zarbalar berishni qayta boshlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring