Gʻazoda butun sogʻliqni saqlash sektori qulagan — Falastinlik shifokor

16:12 19 Avgust 2024 Dunyo
552 0

Dayr al-Balahdagi Al-Aqso kasalxonasi matbuot kotibi doktor Xalil al-Degran bilan suhbatlashdi. Uning aytishicha, Isroil kuchlari tinch aholi punktlarida qolayotgan aholini nishonga olishda va zarba berishda davom etmoqda.

“Kecha Isroil rasmiy kuchlari turarjoy binosini nishonga oldi. Ushbu binoda bir oilaning yetti nafar aʼzosi olti farzand va ularning onasi halok boʻlgan”, dedi u.

Uning soʻzlariga koʻra, qamal ostidagi hududlarda 25 ta kasalxona ishlamayapti. Rafahning Misr bilan chegara punkti 200 kundan koʻproq vaqt davomida yopilganligi sababli kasalxonada tibbiy buyumlarning taqchilligi kuzatilmoqda.

Kasalxona xodimlari jarohatlangan bemorlarni eng asosiy tibbiy ehtiyojlar bilan taʼminlay olmayapti. Bu hududda sogʻliqni saqlash tizimi qulaganligini anglatadi. Al-Degranga koʻra, Isroil kuchlarining Falastin aholisini genotsid va etnik tozalashni amalga oshirish niyati aniq.

Hududdagi zaif bemorlar va chaqaloqlar yuqori darajadagi tibbiy yordamga muhtoj. Al-Aqso kasalxonasi ham ishdan chiqadigan boʻlsa, bir milliondan ortiq falastinlik zarur tibbiy yordamdan mahrum boʻlib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер