G7 davlatlari «Iran Air»ga qarshi sanksiyalar joriy etishi mumkin
Foto: Khashayar Talebzadeh
«Katta yettilik» (G7) davlatlari Eronning Isroilga hujumi tufayli Eronning «Iran Air» aviakompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «Bloomberg» oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
«Baʼzi G7 davlatlari Tehronning 13-aprel kuni Isroilga uyushtirgan hujumiga javoban «Iran Air» aviakompaniyasiga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish masalasini koʻrib chiqmoqda, bu Eron aviatashuvchisining Yevropaga parvozlarini yanada cheklaydi», — deyiladi agentlik xabarida.
Qayd etilishicha, sanksiyalar qoʻllash boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan AQSH Isroilga qarshi havo hujumi ortidan yaqin kunlarda Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritishini maʼlum qilgandi.
Uning aniqlik kiritishicha, yangi cheklovlar Eronning raketa va dron dasturlariga taʼsir qiladi.
Bungacha Yevropa Ittifoqi (YEI)ning tashqi siyosat xizmati rasmiy vakili Piter Stano tashqi ishlar vazirlarining boʻlajak yigʻilishida Isroilga hujumga javoban Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish masalasi koʻrib chiqilishini maʼlum qilgandi.
«Tashqi ishlar vazirlari yigʻilishida kelajakdagi qadamlar masalasi muhokama qilinadi, bu Yevropa Ittifoqi va aʼzo davlatlarning Eronning eskalatsiyasiga munosabati boʻladi», — degandi Stano.
Ikki davlat oʻrtasidagi mojaroning kuchayishi Isroil harbiy-havo kuchlarining shu yilning 1-aprel kuni Eronning Suriyadagi konsulligiga bergan zarbasi tufayli yuzaga keldi. Ushbu hujum oqibatida Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusining yetti nafar zobiti, jumladan, korpusning Suriya va Livandagi Quds kuchlari qoʻmondoni Muhammad Rizo Zohidiy va uning oʻrinbosari, brigada generali Muhammad Hodi Hoji Rahimiy, shuningdek, uch nafar Suriya va bir nafar Livan fuqarosi halok boʻlgan. Oʻshanda Tehron javob berish huquqiga ega ekanligini bildirgandi.
Shundan soʻng 14-aprelga oʻtar kechasi Eron qurolli kuchlari Isroil hududiga 185 ta dron, 36 ta qanotli va 110 ta «yer-yer» sinfidagi raketalardan foydalangan holda yirik havo hujumini amalga oshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring