Futbolchilarimiz kabi aholimizning katta qismiga ham oson pul topish yoki aybdorni aniqlab yuqoriga shikoyat qilish qulayroq boʻlib qoldi — A.Qodirov
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Muvaffaqiyatsizliklar — xulosa qilish emas, aybdorni bilish uchun kerak.
Kamchiliklar — eʼtirof etish, muhokama qilish va birga yechim izlash emas, bir-birimizni haqorat qilish, yerga urish yoki kamsitish uchun kerak.
Futbolchilarimiz kabi, aholimizning katta qismiga ham rivojlanishga imkoniyat izlashdan koʻra, oson pul topish yoki aybdorni aniqlab yuqoriga shikoyat qilish qulayroq boʻlib qoldi...
Istaganingizcha shikoyat qiling, haqorat qiling, masxara qiling... Oʻzingiz oʻzgarmaguningizcha atrofingiz oʻzgarmaydi!
Milliy jamoamiz ham hech qayerga bormaydi!" deb yozadi deputat.
Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida guruh oʻyinlarining soʻnggisida Saudiya Arabistoniga yirik — 0:3 hisobida magʻlubiyatga uchradi va mundialga chiqish imkoniyatini qoʻldan boy berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring