Futbolchilar hammada imkoniyat borligini tushunishlari kerak — Fabio Kannavaro
Foto: OʻFA
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻlib oʻtgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinining ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, mundialda qatnashish uchun hammada imkoniyat mavjud, faqat buni tushunish va his qilish kerak.
“Bu yigʻin men va shtabim uchun juda muhim edi. Soʻnggi toʻrt oy davomida ichki chempionatdagi koʻplab oʻyinlarni kuzatdik. Juda koʻp futbolchilarni koʻrdik va ushbu yigʻin ular bilan bevosita ishlash imkoniyatini berdi. Men har bir futbolchi bilan alohida suhbatlashdim, chunki ularning fikrini ham bilishni istadim”, deydi bosh murabbiy.
Italiyalik mutaxassis Dubayda oʻtgan yigʻin futbolchilar uchun ham murabbiylar shtabi uchun ham katta ahamiyatga ega boʻlganini qayd etdi.
“Oldimizda Jahon chempionati va Osiyo Kubogi borligini, demak, hamma tayyor boʻlishi kerakligini taʼkidladim. Har bir futbolchi oʻzini milliy terma jamoaning bir qismi ekanini his qilishi zarur. Futbolda hamma narsa tez oʻzgaradi, jarohatlar boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Jahon chempionatida ishtirok etish uchun hammada imkoniyat borligini tushunishlari kerak. Menimcha, mazkur yigʻin futbolchilar uchun juda foydali boʻldi”, edi Kannavaro.
Maʼlumot uchun, Fabio Kannavaro jamoasi Dubay yigʻini doirasida joriy yilning 26-yanvar kuni Xitoyga qarshi 2:2 hisobida durang oʻynagan boʻlsa, 30-yanvar kuni Armanistonning “Urartu” klubini 4:2 hisobida yengdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring