Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash doimiy eʼtiborda

18:06 28 Iyul 2023 Siyosat
1336 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”

Bugun Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Parlament komissiyasi aʼzolari, jamoat fondi xodimlari va OAV vakillari qatnashdi.

Yigʻilishda qayd etilganidek, Parlament komissiyasi “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi”da nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab- quvvatlash boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish, jumladan Yangi Oʻzbekistonda Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish jarayonlarida faol ishtirok etib kelmoqda.

“Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuning 21-moddasiga muvofiq Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida bandlik va mehnat munosabatlari, huquq, tibbiyot, taʼlim, madaniyat, turizm, ekologiya va boshqa ijtimoiy sohalarda, vazirlik va davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar koʻrib chiqildi.

Parlament komissiyasi Ishchi guruh tavsiyasiga koʻra davlat ijtimoiy buyurtmasining 12,2 mlrd soʻmlik 5 ta loyihasi moliyalashtirish boʻyicha qaror qabul qildi. Ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish natijasida:

- Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Iftixor” MFYda 575 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3318 nafar aholi, Denov tumani “Oktom” MFYdagi 652 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 3 451 nafar aholi ichimlik toza ichimlik suvi bilan taʼminlash;

- Samarqand viloyati Narpay tumani “Muqumiy” MFY hududida istiqomat qiluvchi aholini toʻliq markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlash. Toza ichimlik suvidan foydalanish madaniyatini aholi oʻrtasida targʻib qilish;

- Buxoro viloyatida Shofirkon tumanidagi 360 nafar koʻzi ojizlar ijtimoiy, uchun buyurtma doirasida 100 ta yangi ish oʻrni yaratish. Zamonaviy uslubda qurilgan ishlab chiqarish sexi, 1 ta kutubxona, 1 ta madaniy markaz ishga tushirish;

- Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahar tugʻruq kompleksida “Reproduktiv salomatlik markazi”ni tashkil etish orqali 2000 nafar oʻsmir qizlar va homilador ayollar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Markaz 3D, 4D va UZI apparati bilan jihozlash. Qoʻqon shahar tugʻruq kompleksida yangi tugʻilgan chaqaloqlar oʻrtasida oʻlim sonini kamaytirish maqsadida 2 dona SIPAP apparati bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, yigʻilishda Dasturga muvofiq “Aholining huquqiy ongi va muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faolligini oshirish” mavzusidagi davlat granti 3- tanloviga kelib tushgan 184 ta loyiha koʻrib chiqildi va 33 ta loyiha mlrd soʻmga moliyalashtirish qaror qabul qilindi.

Davlat grantlarining ajratilishi Gender tenglik, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, oilalarda sogʻlom muhitni mustahkamlashga, jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish. madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga, inson huquqlari boʻyicha taʼlim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faolligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, yigʻilishda Dasturga muvofiq “Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy va ekologik madaniyatni yuksaltirish” va “Najot- taʼlimda, najot tarbiyada, najot bilimda” shiori ostida fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qoʻllab-quvvatlash” mavzusidagi davlat grantining toʻrtinchi va beshinchi tanlovlarini eʼlon qilish boʻyicha qaror qabul qilindi.

Yigʻilishda davlat granti va ijtimoiy buyurtma samaradorligini yanada oshirish, notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlarni yanada kuchaytirish Masalalariga oid tegishli taklif muhokama qilindi.

Tanlovlar oʻtkazish muddati 2023-yilning 2-avgustdan 4-sentyabrgacha boʻlgan muddatda qilib belgilandi. Tanlovlar eʼlon qilinishi munosabati bilan NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillarini xabardorligini oshirish va ularni tanlovlardagi faolligini kuchaytirish maqsadida joylarda Parlament komissiyasi, Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari, Kengashlar huzuridagi jamoat fondlari, OʻzNNTMA, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar tashkil etiladi.

Shu bilan bir qatorda NNT va fuqarolik jamiyati institutlariga Komissiya qarorlari asosida 2022-yilda ajratilgan davlat subsidiyasi, ijtimoiy buyurtma, grantlarning Adliya va Iqtisodiyot va Moliya vazirliklari tomonidan olib borilgan monitoringi yakunlari muhokama qilindi.

Yigʻilish soʻnggida Parlament komissiyasi aʼzolarining NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, Ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari aʼzolari bilan muloqotni kuchaytirish, jamiyatda ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratining xilma-xil shakl va mexanizmlarini amaliyotga joriy etish, hududlarda uchrashuvlar tashkil etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Parlament komissiyasining qarorlari qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер