Forishda yangi “Mahalla markazi” foydalanishga topshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Forish tumani markazidaga eski bino kapital rekonstruksiya qilinib, qisqa muddatda zamonaviy koʻrinishdagi yangi “Mahalla markazi”ga aylantirildi.
Markazda aholini qabul qilish, ularga qisqa muddatda xizmat koʻrsatish, tuman tashkilotlari bilan bogʻlanish, kutish xonalari mavjud boʻlib, mahalla masʼul xodimlari ishlashi uchun ham zamonaviy va innovatsion xonalar tashkil etilgan.
— Mahalla tarbiya oʻchogʻi, mahalla vatan ichidagi kichik vatandir. Qadim-qadimdan mahalla urf-odatlar, anʼanalar, milliy qadriyatlarni avlodlardan-avlodlarga yetkazuvchi maskan, odamlarning suyangan, najot istagan, davlatning kichik bir boʻgʻini sifatida ulugʻlanib kelgan goʻshasi boʻlgan, — deydi yangi mahalla markazi ochilishida soʻzga chiqqan Forish tumani hokimi Abdivali Mustanov. — Shuning uchun mahalla davlat va jamiyat oʻrtasida oʻziga xos bir koʻprik boʻlib, yurtimizda tinchlikni taʼminlash, farovonlikni oshirish, olib borilayotgan islohotlarni tatbiq etish, yoshlarni vatanga sodiq qilib tarbiyalashda muhim vazifalarni bajarib kelmoqda.
Shuningdek, tadbirda “E.Kamolov” va “Egizbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinlari raislariga tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi sovgʻalari, “Narvon” va “Bogʻdon” mahallalariga kompyuter jamlanmalari sovgʻa qilindi.
Tolibjon ERGASHEV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring