Finlyandiyada kutilmaganda Rossiya bilan urush haqida soʻz ochildi

15:36 22 Aprel 2025 Dunyo
232 0

Arxiv foto

Finlyandiyada kutilmaganda Rossiya bilan urush haqida soʻz ochildi. Xususan, ushbu mamlakatning Xelsinki universiteti professori Tuomas Malinen X ijtimoiy tarmogʻida Rossiya bilan urushni xohlaydigan finlarni bilmasligini aytdi.

“Men Rossiyaga qarshi urushga kirishmoqchi boʻlgan birorta finni bilmayman”, deb yozdi u.

Shu yilning aprel oyini boshida Finlyandiya quruqlikdagi kuchlari 20 000 nafardan ortiq askar bir qator bahorgi mashgʻulotlarda qatnashishini eʼlon qilgandi. Taʼkidlanishicha, mashqlar, jumladan, Rossiya bilan chegara yaqinida oʻtkaziladi.

Oʻz navbatida, Finlyandiya tashqi ishlar vaziri Elina Valtonen Xelsinki Moskvani dushman sifatida qabul qilmasligini, biroq Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirishga hali erta ekanligini aytdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?