Finlyandiya NATO aʼzoligi boʻyicha muzokaralarni toʻxtatib qoʻyishga qaror qildi
Illyustrativ foto
Finlyandiya va Shvetsiya Turkiya bilan NATOga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni toʻxtatib qoʻyish kerak. Xuddi shunday taklif bilan Finlyandiya bosh vaziri Pekka Haavisto chiqqan.
“Uch tomonlama muzokaralarga qaytishimiz va hozirgi vaziyatdan keyin izlar bosilganida qayerda ekanligimizni koʻrishimizdan oldin taym-aut kerak”, dedi Haavisto.
Bundan koʻrinib turibdiki, Stokgolmda Turkiya elchixonasi oldida Islom dinining muqaddas kitobi Qurʼoni Karim yoqib yuborilgan aksiyadan soʻng siyosatchi bir necha haftalik tanaffusga qaror qilgan.
Avvalroq, Turkiya hukumati ushbu voqeadan keyin Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonssonning Anqaraga tashrifini bekor qilgan edi.
Bundan tashqari, mazkur voqea sabab Turkiya endi Shvetsiyani NATOga aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlamasligini bildirdi.
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi yaqinida Islom dinining muqaddas kitobi — Qurʼoni Karim yoqib yuborilishi bilan bogʻliq voqeadan soʻng Shvetsiya NATOga aʼzolik masalasida Turkiya yordamiga umid qila olmasligini aytdi.
“Shvetsiyadagi, hattoki diplomatik vakolatxonamiz yaqinidagi bu nopok harakatlar musulmonlar, umuman, barcha insonlar, barcha huquq va erkinliklarni haqorat qilish hisoblanadi”, dedi Turkiya prezidenti.
Uning soʻzlariga koʻra, Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansiga kirishda “endi yordam kutmasligi kerak”, chunki mamlakat “terrorchilarni qoʻllab-quvvatlashda davom etmoqda”.
Shu yilning 21-yanvar kuni Daniyaning Islom diniga qarshi “Stram Kurs” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qurʼonni yoqib yubordi.
Aksiya shahar maʼmuriyati bilan kelishilgan va Paludan bunday chiqish uchun toʻlovni amalga oshirgan. Bundan tashqari, Stokgolm maʼmuriyati mahalliy kurdlarga ham namoyish oʻtkazishga ruxsat bergan va unda 50 ga yaqin odam yigʻilgan.
Aksiya tashkilotchisining soʻzlariga koʻra, u Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishiga toʻsqinlik qilayotganiga norozilik sifatida musulmonlarning muqaddas kitobini yoqib yuborgan. Avvalroq Stokgolmda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning haykali yoqib yuborilgan aksiya oʻtkazilgandi.
Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning aytishicha, turk hukumati Shvetsiya va Finlyandiya Anqara oldidagi majburiyatlarini bajarishini hamda bu kabi hodisalarga tugatishini kutmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring