Fargʻonalik yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi” final bosqichida ikkinchi oʻrinni egalladi
Foto: Xalq so‘zi
Yoshlar oyligi doirasida mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” kelajagimiz vorislari oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish, yigit-qizlarni ommaviy sportga jalb etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada yaxshilashda, ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega. Oʻziga xos bu “kichik olimpiada” musobaqalarida mahallada yashovchi faol va uyushmagan yoshlar mushtarak maqsad yoʻlida oʻzaro jipslashib, gʻoliblik uchun astoydil harakat qilgani eʼtiborga sazovordir.
Quvonarlisi, mazkur musobaqa Fargʻona viloyati yoshlari uchun omadli keldi. Hududiy saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashgan fargʻonalik yigit-qizlar respublika bosqichida ham yaxshi natijalarni qoʻlga kiritdilar. Viloyat yoshlari shaxsiy va jamoaviy hisobda 8 ta birinchi, 11 ta ikkinchi va 9 ta uchinchi oʻrinni egallab, 28 marotaba shohsupaga koʻtarilishdi hamda umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi.
— Umidli yoshlarimiz sportning yengil atletika, shashka, stol tennisi, voleybol, stritbol kabi turlari boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda peshqadamlik qildilar, — deydi Fargʻona viloyati sportni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimov. — Natijada bu sportsevar yoshlar istiqomat qiladigan mahallalarda davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan universal sport maydonchalari qurib beriladigan boʻldi. Demak, mahallalarimizda yigit-qizlarning boʻsh vaqtini sport bilan hamnafaslikda oʻtkazishi uchun imkoniyatlar yanada kengayadi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring