Fargʻonada Yoshlar kuni yuksak koʻtarinkilikda nishonlanmoqda
Foto: Xalq so‘zi
30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Fargʻona viloyatining barcha shahar-tumanlarida sanaga bagʻishlangan bayramlar, konsert dasturlari, sport musobaqalari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar yuksak koʻtarinkilikda tashkil etilmoqda.
Oʻzbekiston tumani markazi Yaypan shahrida oʻtkazilgan yoshlar sayli doirasida umumtaʼlim maktablari bitiruvchilari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Taʼkidlash joizki, bu yil tumandagi 71 ta umumtaʼlim maktabining 11-sinfini 2 ming 830 nafar oʻquvchi tamomladi. Tantanali tadbirda muddatidan oldin nufuzli oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlgan 35 nafar bitiruvchi, aʼlo baholari va namunali xulqi uchun oltin hamda kumush medallarga sazovor boʻlgan 81 oʻgʻil-qiz esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.
Shuningdek, xalqaro va respublika koʻrik-tanlovlari, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning yakuniy bosqichida gʻolib boʻlgan navqiron avlod vakillariga viloyat, tuman hokimligining tashakkurnomasi, sovgʻalari topshirildi.
— “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Buxoro shahrida voleybol boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida oʻtkazilgan yakuniy bosqichda gʻolib boʻlib, munosib taqdirlandik, — deydi Abdurahmon Jomiy nomidagi MFYda yashovchi uyushmagan yoshlardan iborat voleybol jamoasi sardori Shohruxbek Uzoqov. — Bugungi tadbirda ham sovgʻalar oldik. Quvonarlisi, Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan mahallamizda universal sport maydonchasi qurib beriladigan boʻldi.
Yoshlar saylida elimiz ardogʻidagi aktyor va sanʼatkorlarning chiqishlari barchaga xushkayfiyat bagʻishladi.
Viloyatda Yoshlar kuni bayram tadbirlari davom etmoqda.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring