Fargʻonada “Vatan manzumasi” adabiy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi
Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat teatr-konsert saroyida mamlakatimiz mustaqilligimizning 34-yilligi tantanalari oldidan oʻtkazilgan “Vatan manzumasi” nomli adabiy-maʼrifiy tadbirida turli soha vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari va barkamol avlod vakillari qatnashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa va Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fargʻona viloyati hokimligi hamda qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda vatanparvarlik, mardlik va jasorat kabi xalqimizning eng ezgu fazilatlari ulugʻlandi.

Teatrlashtirilgan badiiy dasturda mamlakatimizdagi tinch va osoyishta hayot, ijtimoiy-maʼnaviy barqarorlik, millatlararo doʻstlik va hamjihatlik, oʻzaro mehr-oqibat muhiti oʻz ifodasini topdi. Taniqli madaniyat namoyandalari, ustoz sanʼatkorlar, mashhur estrada xonandalari hamda ijodiy jamoalarning chiqishlari yigʻilganlarga xush kayfiyat ulashdi.
— Hayotbaxsh islohotlar samarasini keng targʻib etish, xalqimiz, xususan, yoshlarni yurtga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda bunday muloqotlarning ahamiyati beqiyos, — deydi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Fargʻona viloyati boʻlimi rahbari Dilshoda Ergasheva. — Ayni jihatlarni inobatga olib, fargʻonalik taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar hamisha faol. Bu borada alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz oldidan viloyatning barcha shahar-tumanlarida adabiy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Botir MADIYOROV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring