Fargʻona vodiysi deputatlari “Parlament oʻyinlari”da kuch sinashdi
Foto: Xalq so‘zi
Andijon shahrida “Parlament oʻyinlari” sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 30-dekabrdagi “Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” gi qaroriga binoan tashkil etilgan bellashuvda Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlari mahalliy Kengash deputatlari sportning voleybol, stol tennisi, mini futbol, badminton turlari boʻyicha oʻzaro bellashdilar.
— Ilmiy xulosalarga koʻra, sport inson aqliy faoliyatini 70 foizga shakllantirar ekan, — deydi Andijon viloyat Kengashi deputati, stol tennisi boʻyicha ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqa gʻolibi Gulbahor Qosimova. — Shuning uchun ham bu kabi mashgʻulotlarni kundalik turmush tarzimizga singdirib borishimiz kerak. Bu borada deputatlar shaxsiy ibrat koʻrsatishlari muhim, deb bilaman. Shaxsan oʻzim ham tongni Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Savoy” sport majmuasida qarshi olaman. U yerda 30 nafardan ziyod xotin-qizlar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻyganmiz. Bugungi bellashuvda erishgan gʻalabam ana shu faollikning amaliy natijasidir.
Respublikamizda ommaviy sportni rivojlantirish, bu borada deputatlar faolligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada qator sport turlari boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xalq vakillari endilikda respublika bosqichida ishtirok etadi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring