Faol yoshlardan tashabbus: “Hormang, tozalik posbonlari!”
Foto: Халқ сўзи
OʻzLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash boʻlimining “Yoshlar qanoti” faollari Qarshi shahridagi Odina masjidi atrofini obodonlashtirishda ishtirok etayotgan xodimlardan koʻngil soʻradilar, hutning izgʻirinida etlari junjikkan ishchilar qoʻliga issiqqina choy-qahva tutqazib, kiyim-kechaklar hadya qildilar.
— Partiyaning faol yoshlari eʼtiboridan xodimlarimiz koʻngli togʻdek koʻtarildi, — deydi Qarshi shahar obodonlashtirish boshqarmasining koʻkalamzorlashtirish va irrigatsiya tizimi brigadiri Akmal Oromov — Qilayotgan ishlarimizning jamiyat uchun, yurtimiz uchun nafi tegayotganini his qilish juda faxrli. Partiyaning viloyat Kengashi raisi tomonidan har birimizga berilgan tashakkurnoma, ulashilgan mehr va eʼtibor mamlakatimizda ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” ezgu gʻoyasining amaldagi kichik bir namunasi boʻldi, desak, yanglishmayman.
Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring