Faol talabalarga bayram tuhfasi
Foto: Халқ сўзи
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun koʻmaklashish maqsadida sport musobaqalari va intellektual tanlovlar tashkil etish yaxshi anʼanaga aylangan. Ana shunday tanlovlarda hamda fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan faol, iqtidorli talabalar Navroʻz bayrami oldidan kompyuter jamlanmasi, noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
—Tinch yurtga bayramlar yarashadi, albatta, — deydi Nukus davlat pedagogika instituti rektori Bayrambay Otemuratov. — Mana shunday qutlugʻ kunlarda oʻzlarining bilim va salohiyati, isteʼdodi bilan tengdoshlariga ibrat boʻlayotgan talabalarni ragʻbatlantirishni lozim topdik. Shu oʻrinda yana bir jihatga toʻxtalib oʻtsam. Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Besh tashabbus doirasida muayyan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqanmiz. Unga koʻra musiqa, tasviriy sanʼat, adabiyot, teatr hamda sanʼatning boshqa turlariga talabalarning qiziqishlarini oshirish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, zamonaviy IT boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlash, kitobxonlikni keng targʻib qilish yoʻnalishlarida tanlovlar doimiy tashkillashtirib kelinmoqda. Bugungi tadbir mana shunday tanlovlarning amaliy ahamiyatini yanada oshirishi, talabalarni yanada faollikka, oʻz ustida izlanishga undashi shubhasiz.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring