Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish ustida ishlayapmiz — Fransiya TIV
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro mamlakat Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olish borasida ishlayotganini maʼlum qildi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro “RTL” radiosiga bergan intervyusida Gʻazodagi vaziyat va Fransiyaning diplomatik saʼy-harakatlari haqida gapirar ekan, mamlakat Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishni rejalashtirayotgani, bu esa boshqa davlatlarni ham xuddi shunday qilishi uchun diplomatik turtki berishi mumkinligiga ishonishini aytib oʻtgan.
“Fransiyaning bu qarorini koʻplab davlatlar eshitadi. Boshqa mamlakatlar ham Fransiya bilan birga harakat qilishini, majburiyatlarni bajarishini istaymiz. Falastin davlatining mustaqilligini tan olib, mamlakatning mavjud boʻlishi uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish borasida yordam berishni xohlaymiz”, — deydi Jan-Noel Barro.
Shuningdek, tashqi ishlar vazirining qoʻshimcha qilishicha, ayni paytda Gʻazodagi ocharchilik avjiga chiqqan. Mamlakatga yuborilayotgan insonparvarlik yordamlarining toʻsiqlarsiz kirishi hamda oʻt ochishni toʻxtatish dunyo hamjamiyatining oldida turgan ustuvor vazifa sifatida qaralishi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring