Oʻzbekiston Prezidenti Belgiyaliklar Qiroli bilan uchrashdi
Bryussel shahriga rasmiy tashrif doirasida Laken saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belgiyaliklar Qiroli Filipp bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Qirol Filipp Oʻzbekiston yetakchisining YI rahbariyati bilan muzokaralarining yakunlarini yuksak baholab, mamlakatimiz yetakchisini Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi tarixiy bitim imzolangani bilan samimiy tabrikladi.
Oʻzbekiston – Belgiya munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Vazirlar darajasida faol muloqotlar yoʻlga qoʻyilgan, siyosiy maslahatlashuvlar muntazam oʻtkazilmoqda, ikki mamlakat parlamentlarida doʻstlik guruhlari tashkil etilgan.
Madaniy-gumanitar hamkorlik mustahkamlanmoqda. Toshkent va Kortreyk, Samarqand va Lyej shaharlari oʻrtasida birodarlik aloqalari oʻrnatildi. Kortreykda buyuk alloma bobomiz Abu Ali ibn Sinoning byusti ochildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, Belgiya kompaniyalari Oʻzbekistonda, xususan, toʻqimachilik, logistika va xizmat koʻrsatish sohalarida muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Oʻtgan yili Toshkentda Benilyuks mamlakatlarining savdo palatasi ochildi.
Suhbat chogʻida Belgiya kompaniyalari vakillarining Oʻzbekistonga tashriflarini tashkil etish, shuningdek, madaniy tadbirlarni oʻzaro oʻtkazish muhimligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari Qirol Filippni tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring