Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga muntazam reyslarni yoʻlga qoʻydi

18:41 22 Dekabr 2022 Jamiyat
523 0

22-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:53da Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. 

Tehron — Toshkent — Olma-Ota — Tehron yoʻnalishi boʻyicha uchgan Airbus A300-600 borti anʼanaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qeshm Air — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan, 1993-yilda tashkil etilgan Eron aviakompaniyasi boʻlib, mahalliy va xalqaro yoʻlovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?