Erkin soʻz qanchalar erkin boʻlmasin, jamiyatning xotirjam rivojlanishiga xalaqit bermasligi kerak! — A.Qodirov
Tartibsizliklarga chaqirish, xalqning koʻp qismi ishonch bildirgan hokimiyatga eʼtirozini qonunga zid shaklda bildirish butun dunyoda jazolanadi.
Xabarsiz va norozi ozchilikni siyosiy bosim quroliga aylantirishni oʻrganib olgan raqib odatdagidek “soʻz erkinligiga tahdid” bilan yurish qilmoqda.
“Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalari tomonidan tashabbus qilingan qonun loyihasi Oʻzbekistonda tinch-xotirjam, emin-erkin va demokratik rivojlanishga xizmat qiladi. Boshqariladigan beboshlikni maqsad qilgan, xalq xotirjamligi, manfaatlari va erkin soʻzning qadriga tupurib, ularni gʻarazli oʻyinlarida oʻyinchoq qilib olgan buzgʻunchilarning qoʻlini bogʻlaydi.
Hech kim tanqidga, toʻgʻri soʻzga, erkin fikrni baralla aytishga qarshi emas. Erkin soʻz aql, farosat va jurʼat talab qiladi. Haq soʻzni gapirayotgan odam nomini yashirmaydi, birovning ortiga berkinib baqirmaydi.
Erkin soʻzdan eng katta foyda jamiyat zarariga ishlayotgan xatolarni koʻrsatib, uni bartaraf etish yoʻlini taklif qilishda ekanligini unutmaslik kerak.
Xalq ishonchi bilan vakolatga ega boʻlgan hokimiyatga qarshi kurashishga chaqiradigan soʻz qachon va qanday hokimiyatga qarshi boʻlishidan qatʼiy nazar huquqbuzarlik sifatida baholanishi va jazolanishi zarur.
Alisher Qodirov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi
Markaziy kengashi raisi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring