Yer munosabatlarini tartibga solishda Koreya tajribasi institutsional oʻrganilmoqda
Yer munosabatlarini tartibga solish, koʻchmas mulklarni roʻyxatga olish va ular hisobini yuritishda Koreya Respublikasi tajribasi institutsional oʻrganilmoqda.
Jumladan Koreyada manzillar tizimi dunyoda tan olingan va top-10 davlatlar qatorida turadi. Koreyada manzillar tizimi konsepsiyasi 3 ta asosiy tamoyilga asoslangan:
1) Xavfsiz manzil, 2) Oson manzil, 3) Toʻliq manzil.
Koreyada manzillashtirish tizimi ikkinchi sanoat inqilobidan toʻrtinchi sanoat inqilobigacha bir necha bor oʻzgartirilgan.
Chunki, oxirgi 50-yilda Koreya aholisi 2 barobarga, pochtalar hajmi 25 barobarga oshgan, mana shu rivojlanish jarayonida oldingi manzillar oʻz ahamiyatini yoʻqotgan.
Koreyada oxirgi manzillar tizimi 2014-yildan boshlab, 5-yilda yakunlangan.
Janubiy Koreyada nafaqat bino inshootlar balki boʻsh yerlarga ham manzil beriladi. Manzillar tizimi – boshqaruvchisiz avtomobillar harakati, aqlli shaharni boshqarishda muhim hisoblanadi.
Koreyada 3 oʻlchamli manzil amal qiladi:
1) chapdan – oʻngga, 2) pastdan – yuqoriga, 3) janubdan – shimolga;
Bundan tashqari, binoning ichki manzili tushunchasi ham ishlatiladi – bu bino ichida harakatlanish uchun foydalaniladi.
Koreyada manzillar tizimi uchun barcha yerlar 100 km2 li kvadratlarga ajratilib, yer toifasidan kelib chiqib, ular ichida yana kichik kvadratlarga ajratilgan.
Masalan, aholi yashash punktlari 100 km2 ichida 10 km2, 1 km2, 100 m2, 10 m2 gacha boʻlgan kichik kvadratlarga boʻlingan va har bir 10 m2 yerlar raqamlashtirilgan.
Bunda, bino raqami ham shu binoning kirish qismiga yaqin boʻlgan 10 m2 yer uchastkasini raqami bilan raqamlanadi va ushbu kvadratlarga toʻgʻri kelgan yoʻllar nomlari bilan manzillar belgilanadi.
Shuningdek, Koreyada infratuzilma obyektlariga ham raqam berilgan masalan, bekatlar va taksi toʻxtash joylari, bu favqulodda holatlarda yoki dron orqali kerakli narsalarni yetkazib berishda foydalaniladi.
Togʻli hududlarda 100 km2 kvadrat ichida 2 km2 gacha boʻlgan kvadratlar orqali yerlar raqamlashtirilib manzillar tizimiga kiritilgan.
Koʻchalar va joylarga nom berish tarixiy, geografik omillar inobatga olib, mahalliy aholi oʻrtasida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish natijasiga koʻra mahalliy hokimiyat tomonidan Davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligining axborot tizimi orqali beriladi, belgilangan manzilni oʻzgartirishga 3-yil davomida ruxsat etilmaydi.
Koreyada manzillar tizimi ISO-19160 sertifikatiga ega.
Oʻzbekiston aholisi kun sayr ortib, shaharlar kengayib, yangi massivlar, mahallalar, koʻchalar paydo boʻlayotgan bir paytda sinovdan oʻtgan va samara berayotgan Janubiy Koreyaning tajribasini oʻrganish maqsadga muvofiq boʻlib, kelajakda albatta oʻz samarasini beradi.
Nozimjon INOMOV,
Davlat kadastrlari palatasi
Raisining birinchi oʻrinbosari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring