Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

10:36 20 Yanvar 2025 Jamiyat
214 0

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlarda bir necha korxona va shaxslar tijorat va shaxsiy maqsadlarda energiya resurslaridan oʻzboshimchalik bilan foydalanganlikda gumon qilinmoqda.

Koson va Koʻkdala tumanlarida faoliyat yuritayotgan “X.I.” fermer xoʻjaligi hamda “Z.” MCHJ masʼul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanib, 276,8 million soʻmlik elektr energiyasidan foydalanganliklari aniqlandi. Bu harakatlar qonunchilikka zid boʻlib, ularga nisbatan qonuniy choralar koʻrilmoqda.

Shuningdek, Piskent tumanida fuqaro O.S. “Turopobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida oʻz xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanib, 143,9 million soʻmlik tabiiy gazdan foydalangan. Uning harakatlari qonun buzilishi deb baholanib, surishtiruv ishlari boshlangan.

Bunda tashqari, Uchkoʻprik tumanida “P.L.” MCHJ rahbari N.A. ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanish yoʻli bilan 129,2 million soʻmlik tabiiy resurslarni oʻzlashtirganligi aniqlandi. Ushbu holat boʻyicha ham tegishli huquqiy choralar koʻrilmoqda.

Barcha holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov harakatlari davom ettirilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер