Deputatlar 2024-yil uchun davlat byudjeti loyihasini koʻrib chiqdilar
Joriy yilning 6-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar dastlab «2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar.
Taʼkidlanganidek, davlat byudjeti mamlakatning pul daromadlari va xarajatlari roʻyxatini oʻzida ifodalovchi asosiy moliyaviy hujjatdir. Shu bois, oxirgi yillarda byudjet mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Byudjetga oid alohida qonunning qabul qilinishi esa butun mamlakat taraqqiyoti va har bir fuqaro hayotiga bevosita daxldor boʻlgan masalaga yana ham dolzarb masala sifatida qaralayotganidan dalolat beradi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasining asosiy maqsadi 2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
17 moddadan iborat qonun loyihasidan kelgusi yilda mamlakatimiz davlat byudjetining asosiy parametrlari joy olgan. Qonun loyihasi bilan mahalliy davlat organlarining mustaqilligini oshirish va mahalliy byudjetlar balansini taʼminlash maqsadida Soliq qoʻmitasining hududiy organlarini, Kadastr agentligining hududiy organlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalarini hamda kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarni saqlash xarajatlari, shuningdek, sud boshqaruvlari mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy byudjetlardan moliyalashtirilishi belgilanmoqda.
Muhokamalar davomida fraksiya aʼzolari qonun loyihasining har bir moddasini sinchiklab tahlil qilar ekan, partiya maqsad-vazifalaridan kelib chiqqan holda loyihani yanada takomillashtirish, pishiq-puxta holatga keltirish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.
Xususan, fraksiya aʼzosi Adham Nazirqulov Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmalariga ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi, ortib qolgan mablagʻni esa boshqa xarajatlarga yoʻnaltirish mumkinligiga oid savolni oʻrtaga tashladi. Qonun tashabbuskorlari mazkur savol yuzasidan asoslantirilgan javoblar berishdi.
Fraksiya aʼzosi Ravshan Mamutov esa suv omborlari va suv omborlari xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar uchun texnik holatni yaxshilashga tegishli mablagʻ ajratilayotgani, yaqinda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi toʻgʻrisida»gi Qonunda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha bir qator tadbirlar belgilangani, uning ijrosi boʻyicha loyihada qanday chora-tadbirlar koʻzda tutilmoqda, degan savol bilan murojaat qildi. Masʼul vazirlik vakillari koʻtarilgan savol yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Deputatlar Nodir Abduvaliyev, Doniyor Gʻaniyevlar ham qonun loyihasi yuzasidan qator savollarni oʻrtaga tashlashdi va mutasaddilardan ushbu masalalardan izohlar soʻrashdi.
Deputatlar N.Abduvaliyev, D.Gʻaniyevlar ham qonun loyihasi yuzasidan qator savollarni oʻrtaga tashlashdi va mutasaddilardan ushbu masalalardan izohlar soʻrashdi. Qizgʻin bahs-munozara va uzoq davom savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi birinchi oʻqishda qoʻllab-quvvatlandi.
Yigʻilishda koʻrib chiqilgan navbatdagi masala —2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2023-yil toʻqqiz oyi yakuni boʻyicha bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti boʻldi.
Deputatlar hisobotni koʻrib chiqish chogʻida partiya maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Davlat dasturining milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratdi.
Hisobot davrida “Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish dasturi” tasdiqlangani, uning doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish boʻyicha umumiy qiymati 33,6 mlrd. soʻmga teng 20 ta loyiha moliyalashtirilgani fraksiya aʼzolari tomonidan alohida qayd etildi.
Joriy yilning 9 oyi davomida OʻzLiDeP saylovoldi dasturining yana bir muhim yoʻnalishlaridan biri — qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan samarali ishlar ham deputatlar tomonidan ijobiy baholandi.
Oʻtgan davrda dehqon xoʻjaliklarini tadbirkorga, yer egasiga aylantirish, buning hisobiga qishloqlarda ijtimoiy muammolar, avvalo, ishsizlik va kambagʻallik masalasini hal etish maqsadida tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturlari doirasida 88,6 ming gektar yer maydonlari “E-AUKSION” elektron savdo platformasida ochiq elektron tanlovlarga chiqarilgan holda, 236,9 ming nafar gʻoliblarga ajratib berilgani alohida eʼtirof etildi.
Yigʻilishda fraksiya aʼzolari tomonidan Davlat dasturining ijrosi yuzasidan qator savollar berildi, asosli takliflar bildirildi. Deputatlar tomonidan koʻtarilgan barcha savollarga tegishli vazirliklar masʼullari atroflicha javob qaytardi.
Qizgʻin bahs-munozaralardan soʻng, Davlat dasturining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring