Deputat taekvondo (ITF) assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

17:01 29 May 2021 Sport
1050 0

Yosh avlod kamolotida jismoniy tarbiya va sportning oʻrni juda muhim. Shuning uchun ham mamlakatimizda sport turlarini rivojlantirish, aholini, xususan, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidorli yosh sportchilarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, yoshlarimizning sportning taekvondo (ITF) turi bilan shugʻullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan ham aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, unut boʻlib borayotgan milliy sport oʻyinlarini qayta tiklash, ular asosida sport musobaqalari tashkil etish orqali yoshlarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizga hurmat tuygʻusini shakllantirish borasida bir qator ibratli ishlar amalga oshirib kelinyapti.

Kuni kecha Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi hamda Oʻzbekiston Taekvondo ITF Milliy Assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Memorandum imzolashdan koʻzlangan asosiy maqsad aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida sportning bu turini ommalashtirish, zararli odatlardan voz kechish, xotin-qizlar oʻrtasida “Sogʻlom turmush tarzi” sport musobaqalarini tashkil etish borasidagi ishlarni hamkorlikda amalga oshirishdan iborat.

Quvonarlisi, OʻzMTDP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jiyanbayev Otabek Eshdavlatovich Oʻzbekiston Taekvondo (ITF) Milliy Assotsiatsiyasi vitse-prezidenti etib saylandi.

— Aholi, xususan, yoshlarimizning ham maʼnan, ham jismonan barkamol ulgʻayishiga barchamiz birdek masʼulmiz, — dedi Otabek Jiyanbayev. — Oʻzbekiston Taekvondo (ITF) Milliy Assotsiatsiyasi vitse Prezidenti etib tayinlanishim zimmamdagi masʼuliyatni yana-da oshiradi.

Oʻzbekiston Taekvondo ITF Milliy Assotsiatsiyasi bilan imzolangan Memorandum asosida hamkorlikda oʻtkaziladigan tadbirlar, sport musobaqalari yurtimizda bu sport turining yana-da rivojlanishiga hissa qoʻshishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер