Deputat ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatidan qoniqmadi
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Farhod Zayniyev Qarshi shahrida boʻlib, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrgandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Qarshida davlat-xususiy sherikchiligi asosida 180 ta MTT faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻrganishlar jarayonida ularning ayrimlarida bolalarni ovqatlantirish, taomlar tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish va saqlashda oddiy talablarga rioya etilmayotgani aniqlandi. Shuningdek, bolalarga tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha ham qator muammo mavjud. Jumladan, 39-MTTda shunday holatlar aniqlandi.
“Buyuk Turon” mahallasidagi 180 oʻringa moʻljallangan 13-MTTda “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida 2019-yilda kapital taʼmirlash ishlari boshlangan. Ammo moliyaviy muammolar sabab, taʼmirlash ishlari 85 foizga bajarilgan xolos. Yozgi ayvonchalar, hududni oʻrab turuvchi devor va obodonlashtirish ishlari chala qolgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati aniqlangan muammolardan kelib chiqib, mahalliy kengash deputatlari hamda manfaatdor idoralarni jalb qilgan holda maxsus ishchi guruh tuzib, davlat-xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan MTT faoliyatini batafsil oʻrganish taklifini bildirdi. Shuningdek, ayrim masalalar boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligiga deputat soʻrovi yuboriladigan boʻldi.
Oʻrganishlar davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring