Departament noqonuniy alkogol ishlab chiqariladigan sexni fosh etdi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning qoʻlbola alkogol mahsulotlari ishlab chiqargan yashirin sexni aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A., M.M. va boshqalar Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani “Qovunchi” MFY hududidagi xonadonda yashirin sex tashkil etgan.
Qalbaki aksiz markalardan foydalangan holda sotish maqsadida qoʻlbola alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarganliklari aniqlanib, ushbu xonadondan “Toshkent oqshomi” nomli 185 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsuloti hamda 85 dona yelim idishdagi jami 850 litr etil spirti ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.N.” MCHJ rahbari B.X. xaridorga 2 dona aksiz markasi shubhali boʻlgan spirtli ichimlikni sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ushbu doʻkondan turli nomdagi qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib,tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring