Departament Andijonda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosini fosh qildi

09:28 08 Oktyabr 2024 Jamiyat
143 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning axborot xizmati xabar bergan.

Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqaro A.A. va boshqalar ushlangan.

Qayd etilishicha, ular fuqaro M.X.ga 50 qutidagi jami 500 dona “Pregabalin Capsule IP 300 mg” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 900 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Statistika agentligi chet el kapitali asosida ishlayotgan korxonalar sonini ochiqlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер