Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
“Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–296-son, 06.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu qarorga koʻra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati oʻtgan boʻlsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.
Bunda raqamli markirovkalangan muddati oʻtgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.
Shuningdek, 2025-yil 15-oktyabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tartibi joriy etiladi.
Bundan tashqari, isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “isteʼmolchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Senatorlar va Senat devoni xodimlari umumxalq hashari doirasida hududlarni obodonlashtirish ishlariga munosib hissalarini qoʻshdi
- Abdulaziz Komilov Boku forumida Yevroosiyoning yangi transport-logistika xaritasi va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ilgari surdi
- Qatardan oʻzbekistonliklarni evakuatsiya qilish jarayoni yakunlandi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring