Oʻzbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi

21:09 27 Mart 2026 Siyosat
290 0

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi.

Kuni kecha davlat rahbarlari tor doirada muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yigʻilishini oʻtkazdilar, qoʻshma loyihalarga start berdilar. Uchrashuvlar yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami imzolandi.

Bugun sammit Buxoroda davom etdi. Davlat rahbarlari tarixiy obidalarni ziyorat qildilar, sanoat korxonasining faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbirlar yakunlangach, Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?