Senat Raisi Jenevada Parlament ayol aʼzolari forumida ishtirok etdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlamenti delegatsiyasi Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoqning 151-assambleyasi doirasida oʻtkazilgan Parlament ayol aʼzolari forumida ishtirok etdi.
Forum “Birdamlik va ilhom: ayollarni oʻz yoʻlida qoʻllab-quvvatlash” mavzusiga bagʻishlandi. Tadbir doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan global ahamiyatga doir masalalar muhokama qilindi.
T. Narbayeva oʻz chiqishida xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Shuningdek, forum ishtirokchilari Toshkent shahrida joriy yil aprel oyida boʻlib oʻtgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi yuksak darajada tashkil etilganini alohida qayd etib, mazkur anjuman doirasida oʻtkazilgan Parlament ayol aʼzolari forumining oʻziga xos oʻrni va qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini eʼtirof etdi.
Har bir ayolning ovozi, orzusi va global hamjamiyatning birdamlik ruhi haqida fikr yuritildi. Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston xotin-qizlarning salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan kompleks yondashuvni ilgari surmoqda. Bu yoʻnalishda parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish, bilim va yetakchilik imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, inqiroz sharoitida qolgan ayollarga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha tashabbuslar bildirildi.
Soʻzga chiqqanlar xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash – bu faqat milliy manfaat emas, balki insoniyatning umumiy taraqqiyoti va tinchlikka erishish yoʻlidagi strategik vazifa ekanini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring