Davlatlarning yadro mashgʻuloti, Zelenskiyning chaqirigʻi va Vitse-prezident halokati (+video)

17:34 12 Iyun 2024 Dunyo
282 0

Assalomu alaykum, xalqaro maydonda yuz berayotgan voqea va hodisalarning qisqacha sharhi “Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalarining tahliliy-informatsion dasturida

Rossiya va Belarus yadro mashgʻulotini boshladi

Rossiya va Belarus “Ittifoq davlati” deb nomlanuvchi harbiy mashgʻulotlar doirasida qoʻshma yadro quroli mashqlarini boshladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi seshanba kungi mashgʻulotlar strategik boʻlmagan yadroviy qurollardan foydalanishni oʻz ichiga olganini eʼlon qildi.

Vladimir Putin Rossiyaning frontdagi ahvolini yaxshilash uchun yadro quroli mashqlarini boshlashga buyruq bergan edi. Kreml xabarida yadro qurolidan foydalanish ehtimoli haqidagi ritorika ham bor.

“Mashqlar Ittifoq davlatining suvereniteti hamda hududiy yaxlitligini taʼminlash uchun qoʻshin va texnikani tayyorlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Ushbu hodisa Rossiya rahbarining Shimoliy Koreyaga rasmiy tashrifi davrida sodir boʻlayotgani ham eʼtiborga molik hodisadir.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniyaga tashrif chogʻida urushning asosiy sababchisi Rossiya ekanini taʼkidlab, buning har bir kuni uchun javob berishini aytgan. Shuningdek, mamlakat yetakchisi ukrainaliklarni vatanga qaytishga chaqirdi. “Urush tugaganidan soʻng hamma uy-joyini tiklash uchun keladi, xavfsizlik oʻrnatiladi. Vatanimizni birgalikda tiklashni xohlaymiz”, — degan Zelenskiy.

Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelga koʻra, harbiy xarajatlar uchun Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromaddan tashqari ularning oʻzidan ham foydalanish haqida muhokama ketmoqda.

Gʻazoning yoʻqotilayotgan avlodi

HAMAS kecha BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilingan oʻt ochishni toʻxtatish rezolyutsiyasiga rozilik bildirgan edi. “Reuters” agentligining maʼlum qilishicha, guruh kelishuvga rozi boʻlmagan. HAMAS oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil askarlarining Gʻazodan olib chiqib ketilishi boʻyicha yangi jadval taqdim etgan.

Falastin boʻyicha gumanitar agentlik rahbari urushdan vayron boʻlgan hududda 600 mingdan ortiq bola taʼlimdan mahrum boʻlgani va yoʻqotilgan avlodga aylanish arafasida ekanini aytdi. Soʻnggi soatlarda Isroil tomonidan amalga oshirilgan hujumlar natijasida 7 kishi halok boʻlgan.

AQSH oʻzbekistonliklarni deportatsiya qiladi

Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirgʻiziston, Tojikiston hamda Oʻzbekiston fuqarolari uzoq vaqt talab qilinadigan yuridik tartib-taomillarni chetlab oʻtgan holda tezlashtirilgan tartibda deportatsiya qilinadi. Boshqa muhojirlar sudgacha ozod qilinadi, ammo boshpana izlashiga ruxsat berilmaydi.

Chegara xizmati xodimlari yangi buyruq yetarli emasligini aytib, norozilik bildirishmoqda. Noqonuniy muhojirlar muammosini hal qilish uchun koʻrilgan choralarni esa “Titanikdagi teshikni saqich bilan yopishga urinish”, deya baholashgan.

Vitse-prezident aviahalokatga uchradi

Bortida Malavi vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana toʻqqiz kishi boʻlgan samolyot 10-iyun kuni mamlakat ichida aeroport radarlaridan gʻoyib boʻlgan. Shundan soʻng mudofaa samolyoti harbiylar tomonidan Chikangava oʻrmonidan topilgani maʼlum qilindi. 51 yoshli Chilima toʻrt kun oldin vafot etgan sobiq hukumat vaziri Ralf Kasambaraning oʻlimidan soʻng hukumat vakili boʻlishiga nomzodlardan biri sifatida koʻrilayotgan edi. U 2014-yildan beri vitse-prezidentlik lavozimida boʻlib, yoshlarning sevimli amaldori hisoblangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?