“Data-jurnalistika”. Oʻzbekistonda uning istiqboli qanday?

12:08 16 Dekabr 2019 Jamiyat
2325 0

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va Oʻzbekiston zamonaviy jurnalistikasini rivojlantirish markazi tomonidan Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun “Data-jurnalistika” mavzusida 3 kunlik seminar-trening oʻtkazildi.

“Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik manfaatlariga xizmat qilish imkoniyatlarini oshirish” nomli mazkur loyiha Buyuk Britaniya davlati tomonidan moliyalashtirilgan.

— Yangi loyihaning asosiy maqsadi axborotlashgan jamiyatning rivojlanib borishi natijasida yurtimiz jurnalistlarining xolis va keng qamrovli media kontentini yaratish, ularning mahorat va koʻnikmalarini oshirishdan iborat, — deydi loyiha treneri Xotam Abduraimov. — Dunyoda internet tarmogʻi rivojlanib borar ekan unga xos “Data-jurnalistika” sohasi ham rivojlanib bormoqda. Endi jurnalistlar axborot makonidan va dasturiy taʼminotdan oʻzlarini qiziqtirgan sohalari boʻyicha maʼlumotlarni olishi va undan foydalanishi mumkin.

Seminar-treningda ishtirokchilar “Data-jurnalistikaga kirish”, “Maʼlumotlarni yigʻish”, “Saralash va tahlil qilish”, “ Gipoteza yaratish” mavzulari boʻyicha mashgʻulotlarda ishtirok etishdi. Shuningdek, bugungi kundagi dolzarb masalalar va qiziqarli mavzularda kontent yaratish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtishdi.

Tolibjon ERGASHEV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?