“COVID-19”ning yangi epidemiyasi tufayli Xitoyda 30 million odam karantin hududida qolmoqda

23:17 15 Mart 2022 Dunyo
1509 0

Foto: AP

Xitoyda 30 milliondan ortiq odam “COVID-19”ning yangi toʻlqinining tez tarqalishi sababli karantin ostida qoldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, 15-mart kuni Xitoyning rasmiy epidemiologiya nazorati organlari infeksiyaning 5280 ta yangi holatini qayd etgan. Bu bir hafta avvalgi koʻrsatkichdan bir necha baravar koʻp.

Shu bois Changchun va Shenchjen kabi yirik shaharlar maʼmuriyatlarida lokdaun va aholining harakatlanishiga cheklovlar joriy etilgani eʼlon qilindi. Xitoyning eng yirik shahri Shanxay maʼmuriyati hozircha toʻliq blokirovkaga ehtiyoj yoʻqligini bildirgan. Ammo bir hududdan boshqasiga kirish va chiqishda jiddiy cheklovlar joriy qilgan. Bundan tashqari, Shanxay va Pekinga kelishi kerak boʻlgan oʻnlab xalqaro reyslar 1-mayga qadar oʻz yoʻnalishini mamlakatning boshqa shaharlariga oʻzgartiradi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bemorlarning aksariyatida “Stealth Omicron” shtammi bilan aniqlanmoqda. Bu “Omicron” shtammining yanada yuqumli variantidir.

Avvalroq, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti “COVID-19” pandemiyasi 2022-yil oxirigacha tugashini kutilayotganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер