Chiroqchida bir kunda ikkita maktabning yangi binosi foydalanishga topshirildi
Chiroqchi tumanining Pakandi mahallasida joylashgan 6-sonli hamda Amir Temur mahallasida joylashgan 88-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilar soni mavjud quvvatga nisbatan sezilarli ravishda oshib ketgan, bu esa bir qator muammolarga sabab boʻlayotgan edi.
Oʻtgan yili tegishli investitsiya dasturi asosida 10 milliard soʻmdan oshiq mablagʻ ajratilib, har ikkala maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari boshlangan edi. Qisqa vaqt ichida 6-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 330-oʻrinli hamda 88-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 420-oʻrinli oʻquv binolari qurib bitkazildi. Har ikkala binoda oʻquvchilarning sifatli taʼlim va tarbiya olishi, oʻqituvchilarning esa ish faoliyatini olib borishi uchun zarur boʻlgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Yangi oʻquv binolarining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda tuman hokimligi masʼullari, taʼlim muassasalari jamoalari, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring