“Buyuk Britaniya orzusi”ga erishish uchun 12 ming AQSH dollari kamlik qildi. Tashkilotchi shaxs firibgar boʻlib chiqdi

14:57 22 Noyabr 2024 Jamiyat
190 0

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun 12 ming AQSH dollari olgan shaxsni qoʻlga tushirdi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, masʼul tashkilotlar hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yoʻnalishida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi, 1998-y.t. U.S. qoʻlga olingan.

U Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, oʻzining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborishga vaʼda bergan.

Shu tariqa, ayblanuvchi buning uchun zarur boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

“Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер