Buxorodagi bogʻchada erkak oʻgʻli bilan urishgan 5 yashar bolani kaltakladi

16:20 29 Iyun 2024 Jamiyat
466 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatidagi bogʻchada 5 yashar bola kaltaklangani aytilgan videolar tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 24-iyun kuni Buxoro viloyati Olot tumanidagi bogʻchada A.Yu. ismli bola sherigi A.S. (2019-yilda tugʻilgan) bilan urishgan. Shu sababli A.S.ning otasi X.F. A.Yu.ni yuziga urib, jarohat yetkazgan.

Videoda aytilishicha, bu voqea bolaga juda katta ruhiy shikast yetgan.

“Bolamni doʻkonga olib chiqsam, birinchi boʻlib qilich (oʻyinchoq) sotib oldi va onajon endi kim meni xafa qilsa shu qilich bilan qoʻrqitib qoʻyaman (tahr.), deb aytdi”, degan bolaning onasi.

Maʼlum qilinishicha, jabrlanuvchi bola tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan, u yerdagi navbatchi shifokor IIBga xabar bergan.

“Hozirda bolaga yetkazilgan jarohatning darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi Ombudsman xabarida.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Samarqandda 6 yoshli oʻgay oʻgʻlini kamar bilan kaltaklagan otaga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?