Donald Tramp Janubiy Afrika Respublikasini moliyalashtirish tugaganini eʼlon qildi

13:12 03 Fevral 2025 Dunyo
351 0

Foto: Reuters

Amerika Qoʻshma Shtatlari mamlakatdagi inson huquqlarining poymol etilishi yuzasidan tergov oʻtkazilgunga qadar Janubiy Afrika Respublikasiga barcha moliyalashtirishni toʻxtatadi. Bu haqda AQSH prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi.

Uning taʼkidlashicha, Janubiy Afrika Respublikasida yerlar musodara qilinmoqda va aholining maʼlum toifalariga nisbatan yomon munosabatda boʻlinmoqda.

“Bu radikal OAV hatto eslatishni ham istamaydigan jirkanch vaziyat”, dedi Tramp.

Uning soʻzlariga koʻra, Janubiy Afrikada inson huquqlarining ommaviy tarzda buzilishi koʻzga koʻrinadigan darajada sodir boʻlmoqda.

“AQSH bunga toqat qilmaydi. Men, shuningdek, ushbu vaziyat boʻyicha toʻliq tergov yakunlanmaguncha, Janubiy Afrika Respublikasiga barcha moliyalashtirishni toʻxtataman”, — deydi Oq uy rahbari.

Shu yilning yanvar oyida Tramp AQSHga NATOni moliyalashtirishni toʻxtatishga ruxsat bergan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar endi NATOni moliyalashdan bosh tortishi mumkin, chunki alyans davlatlarni himoya qilmaydi, lekin ularning oʻzlari ittifoqchilarini himoya qiladi.

Joriy yilning 21-yanvar kuni Tramp AQSH Ukrainani qoʻllab-quvvatlash uchun NATO aʼzolaridan koʻra 200 milliard dollar koʻproq mablagʻ sarflagani, shuning uchun ular mudofaa xarajatlarini oshirishi kerakligini aytgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер