Buxoroda hokimlik “haydovchi”si pora bilan ushlandi

17:33 25 Iyun 2024 Iqtisodiyot
388 0

Foto: Prokuratura departamenti

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Buxoro viloyatida imtiyozli kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qoʻlga ilindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.M. fuqaro O.Q.ga oʻzini goʻyoki Buxoro shahar hokimligida haydovchi vazifasida ishlashini aytib, tanishlari yordamida uy-joy sotib olish uchun 350 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.I. fuqaro B.U.ga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 2 000 AQSH dollari evaziga Beruniy tumanidagi tijorat banklarining biridan 200 mln soʻm imtiyozli kredit olib berishini aytib, evaziga 8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер