Bugun “President Cup” yakuniga yetadi. Nodirbek Abdusattorov sovrindor boʻla oladimi?
Bugun Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida oʻtayotgan nufuzli “President Cup” musobaqasi oʻz yakuniga yetadi. Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
A guruhida soʻnggi tur oldidan hindistonlik grossmeyster Nihal Sarin 7 ochko bilan yakka peshqadam sifatida turnir jadvalining birinchi pogʻonasini egallab turibdi. 8-turda u hamyurtimiz Javohir Sindarovni magʻlub etib, chempionlikka yaqinlashdi. Nihal Sarin uchun soʻnggi turdagi Nodirbek Abdusattorovga qarshi uchrashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, undagi durang natija ham unga chempionlikni taʼminlashi mumkin.
Oʻzbekistonning yetakchi shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov esa kecha xitoylik Xu Minguiga qarshi oʻyinda gʻalaba qozonib, ochkolarini 6 taga yetkazdi. Bugun u Nihal Sarinni magʻlub eta olsa, chempionlik uchun katta imkoniyatga ega boʻladi. Shunga qaramasdan, buning uchun turnirdagi boshqa asosiy raqiblar, jumladan, Ortiq Nigʻmatov, Nilash Saha va Javohir Sindarov ishtirokidagi uchrashuvlar natijalari ham ahamiyatga ega boʻladi.
Toʻqqizinchi tur oldidan 6 ochkodan jamgʻargan oʻyinchilar qatorida Nodirbek Abdusattorov, Ortiq Nigʻmatov, Nilash Saha, Javohir Sindarov, Parham Maqsudlu, Shamsiddin Vohidov va Saidakbar Saydaliyev bor. Nodirbek Yakubboyev esa 5,5 ochko bilan 9-pogʻonada joy olgan. Turnir jadvalida har bir ochko oʻta muhim ahamiyatga ega boʻlib qolmoqda.
Kecha oʻtkazilgan 8-turda Shamsiddin Vohidov hindistonlik Nilash Saha bilan durang oʻynadi. Saidakbar Saydaliyev Puranik Abhimanyuni, Ortiq Nigʻmatov Sankalp Guptani magʻlub etdi. Nodirbek Yakubboyev esa Prranit Vuppaladan ustun keldi. Bugungi turdagi har bir partiya muxlislarni yanada keskin lahzalarga guvoh qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring