Bugun 250 nafar fuqaro Polsha orqali Oʻzbekistonga olib kelindi
Foto: Arxiv foto
Bugun, 15-mart kuni Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 250 nafar Oʻzbekiston fuqarosi, shu jumladan 43 nafar ayol, 20 nafar voyaga yetmagan shaxs va 8 nafar chaqaloq olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov axborot berdi.
28-fevraldan 11-martga qadar 26 ta aviareys tashkillashtirildi. Diplomatik vakolatxonalarimizning faol saʼy-harakatlari natijasida harbiy harakatlar boʻlayotgan hududdan 5 884 nafar yurtdoshimiz, jumladan 300 nafar ayol, 700 dan ziyod 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, 40 nafar imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek talabalar va mehnat migrantlari olib chiqildi.
Oʻzbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi (vaqtincha Lvov shahrida joylashgan) mamlakatning chekka hududlarida boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarini evakuatsiya punktlariga olib kelish yuzasidan yordam koʻrsatmoqda.
Oʻzbekistonning Polshadagi Elchixonasi tomonidan hujjati yoʻq 322 nafar fuqaromiz uchun Vatanga qaytish uchun sertifikatlar rasmiylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring