Bronzadan oltingacha yoʻl: Bugun oʻzbek sportchilarini Parijda qanday bahslar kutib turibdi?
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Olimpiada oʻyinlarining 14-kunida Oʻzbekistonning 13 nafar atleti sportning 5 turi: boks, kurash, badiiy gimnastika, taekvondo va suvga sakrash boʻyicha chiqish qiladi. Ikki bokschi oltin medal uchun ringga chiqsa, ikki kurashchi bronza medali uchun bahsga kirishadi.
Igor Myalin 13:10 dan boshlab erkaklar oʻrtasida 10 metrdan suvga sakrash dasturida debyut qiladi. U mazkur yoʻnalishda Oʻzbekiston tarixida birinchi litsenziyaga egalik qilgandi.
Soat 13:00 dan keyin badiiy gimnastikachilar guruh mashqini bajarishga kirishadi. Tarkibda Evelina Atalyants, Shaxzoda Ibragimova, Mumtozabonu Isʼhoqzoda, Amaliya Mamedova, Irodaxon Sadikova kabi tajribali sportchilarimiz mavjud.
Soat 13:10 dan boshlab 22 yoshli Osiyo chempioni Jasurbek Jaysunov -80 kg vazn toifasida saralash bahslarida eronlik Mehran Barkhordariga qarshi dayanga chiqadi. Soat 15:00 dan soʻng Osiyo oʻyinlari sovrindori Ozoda Sobirjonova serbiyalik Aleksandra Perishichga qarshi jang qiladi.
Soat 14:00 dan soʻng erkin kurashchi Razambek Jamalov -74 kg vazn toifasida saralash bosqichida qochoqlar jamoasidan 26 yoshli rossiyalik Mahamedhabib Kadzimahamedauga qarshi gilamga chiqadi. Javrail Shapiyev esa oʻtish bosqichida Kanada vakili Robert Murga qarshi kurashadi. Soat 21:15 dan soʻng yana bir kurashchi (-57 kg) Gʻulomjon Abdullayev bronza medali uchun gilamga chiqadi. U Puerto Riko va Hindiston vakillari bahsining gʻolibi bilan kurashadi.
10-avgustga oʻtar kechasi oʻzbekistonliklarni 2 ta final jangi kutmoqda. Soat 00:30 dan keyin (-71 kg) bokschi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Meksika vakili Marko Alvarezga qarshi jang qiladi. Soat 01:35 dan soʻng esa (-92 kg) Lazizbek Mullojonov ozarbayjonlik Loren Dominguyez bilan kuch sinashadi.
“Xalq soʻzi” barcha sportchilarimizga omad tilaydi.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring