Yil boshidan beri ishsizlik 4,9 foizga tushdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Joriy yil boshidan ishsizlik 4,9 foizga tushdi (oʻtgan yili 5,5 foiz boʻlgan). Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida aytildi.
Ayniqsa, Buxoro, Kogon, Navoiy, Zarafshon, Gʻozgʻon, Samarqand, Shirin shaharlarida ishsizlik 4 foizdan pasayib, ilk bor “tabiiy ishsizlik” darajasiga yaqinlashdi.
Ehtiyojmand 302 ming oila kambagʻallikdan chiqdi. Yil yakunigacha kambagʻallik darajasi 6 foizgacha kamayishi kutilmoqda (oʻtgan yili 8,9 foiz boʻlgan).
Sharoiti ogʻir boʻlgan Xovos, Mirzaobod, Oqoltin, Doʻstlik, Paxtakor, Forish, Boʻston, Vobkent, Mirishkor, Mingbuloq, Uzun va Piskentda kambagʻal oilalar soni 4,5 barobargacha kamaydi.
Ilgari qiyin ahvolda boʻlgan 105 ming oila daromad koʻrishni boshladi, kambagʻal oilalarning oʻrtacha daromadi yil boshiga nisbatan 2 barobarga oshdi.
Joriy yilda ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambagʻallikdan xoli” hududga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring