Bosh hisobchi salkam 2 milliard soʻmni “uxlatdi”

15:47 20 Yanvar 2025 Jamiyat
175 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tabdirda aniqlanishicha, “L.A.” va “Z.P.” MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlab kelgan fuqaro S.O. korxonalarning elektron raqamli imzo kalitlaridan foydalanib yirik miqdordagi pul mablagʻlarini talon-taroj qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, fuqaro S.O, ikki korxonaning jami 1,9 milliard soʻm mablagʻlarini oʻzining plastik kartasiga oʻtkazib olganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер