Bolalar tilanchiligini jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali bartaraf etish mumkin – Bolalar Ombudsmani
2022-yilning 16-sentyabr kuni jurnalist Ilyos Safarov oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Chilonzor va Shayxontohur tumanlari kesishmasi, Baynalminal koʻchasi chorrahasida taxminan 3-4 nafar voyaga yetmaganlar yoʻlning qatnov qismida “tilanchi”lik bilan shugʻullanayotganligi yuzasidan video xabar eʼlon qildi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil mazkur videoni koʻrishi bilanoq tegishli chora koʻrilishi uchun uni Ichki ishlar vazirligining masʼul xodimiga murojaat qildi.
Ushbu holat yuzasidan zudlik bilan Chilonzor tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazining masʼul xodimlari ishtirokida tezkor guruh ishlab chiqilib, voqea joyiga yuborildi.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida 5 nafar voyaga yetmagan va 4 nafar voyaga yetgan shaxslar tuman IIO FMBga olib kelindi.
Ularning barchasi Qashqadaryo viloyatida roʻyxatda turishi maʼlum boʻldi.
Ushbu holat yuzasidan toʻplangan xujjatlar asosida Bola huquqlari milliy komissiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va hududiy IIBga taqdimnoma kiritildi.
Bola huquqlari boʻyicha vakil jurnalist Ilyos Safarovga masalaga befarqlik bilan yondoshmagani va jamoatchilik eʼtiborini shu masalaga tortgani uchun minnatdorchilik bildiradi.
Aliya Yunusovaning fikricha, barchamiz tilanchilikning namoyon boʻlishiga qarshi kurashishni boshlashimiz muhim. Biz pul berishni toʻxtatishimiz kerak. Kichkintoylar bilan tilanchilik qilishni toʻxtating, ayniqsa yoʻllarda. Bu ijtimoiy hodisaning oqibatlarini aholiga tushuntirish zarur. Insonning oʻz harakatlari uchun javobgarligini shakllantirish muhimdir. Kattalar javobgarlikka tortilishi kerak.
Qayd etish lozimki, bolalar tilanchiligi masalasi Bolalar Ombudsmanining doimiy nazoratida. Unga shu mazmundagi videolar yuborilishi bilanoq ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda vaziyatga oydinlik kiritish, qonunbuzarlarni qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda. Bu ishlarni tizimli ravishda amalga oshirilishi uchun jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kerak. Qolganlar ham yuqoridagi jurnalist singari ish tutsa, biz muammoni bartaraf etish boʻyicha yaxshi natijalarga erishishimiz mumkin.
Biz bolalarning ekspluatatsiyasiga koʻz yummasligimiz kerak. Bolani ekspluatatsiya qilish — bu zamonaviy qullik, bu voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlikdir. Bolalar oʻzlari duch keladigan xavflarni baholay olmaydi. Yoshi ulgʻaygan sari ularda tilanchilik pul topishning yagona va toʻgʻri yoʻli, degan ishonch paydo boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring