Bitta MCHJ davlatga qariyb 1,5 milliard soʻmlik zarar yetkazgani aniqlandi

01:35 26 Iyun 2024 Jamiyat
249 0

«Oʻzenergoinspeksiya» tomonidan Toshkent shahrida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yashnobod tumanida joylashgan koʻp qavatli turarjoy majmuasini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi «А.Б.» MCHJ elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu MCHJ tasarrufidagi elektr qurilmalarni elektr hisoblagichsiz toʻgʻridan-toʻgʻri tarmoqqa ulangan. Shuningdek, majmua hududidagi avtoturargohda hujjatlarsiz elektromobillarni zaryadlash qurilmasi oʻrnatish holati ham aniqlangan.

«Oʻzenergoinspeksiya»ning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, «А.Б.» MCHJ davlat manfaatlariga 1 milliard 352 million soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi. Inspeksiya holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborgan.

Avvalroq «Xalq soʻzi»ning «Oʻzbekistonda anomal issiq qachon kuzatilishi maʼlum. Bunga Energetika vazirligi tayyormi?» maqolasi chop etilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер