Bitta “Mayning ferma” davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 million soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent tumanida “Mayning ferma” tashkil etgan xonadonni aniqladi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Departament va DXXning Toshkent tumani boʻlimlari, viloyat IIBB va ETK xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. tumandagi “A.Navoiy” MFY hududidagi xonadonida tijorat maqsadida “Mayning ferma” tashkil etgani aniqlandi.
Qayd etilishicha, fuqaro M.A. 3 ta toʻplamdagi mayning qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, qonunga xilof ravishda mayning kripto-aktivlari faoliyati bilan shugʻullanib kelib, davlat va jamiyat manfaatlariga 190,4 million soʻm zarar yetkazgan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring