Beshariqlik gulchi gul koʻchatlari yetishtirib yiliga oʻrtacha 300 million soʻm sof daromad olmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Botir Madiyorov/ “Xalq soʻzi”. Beshariq tumanining “Doʻstlik” MFY hududida istiqomat qiluvchi Shuhratjon Xoʻjaqulov xonadonidagi 10 sotixli issiqxonada bir va koʻp yillik gul koʻchatlari yetishtirish bilan shugʻullanadi.
Ayni paytda issiqxonada 100 xildan ortiq gul koʻchatlari parvarish qilinadi. Shu tariqa oila aʼzolaridan tashqari, 20 nafar mahalladoshlari doimiy va mavsumiy ish oʻrni bilan taʼminlangan.
2023-yili issiqxonada yetishtirilgan gul koʻchatlaridan 300 million soʻmdan ziyod sof daromad olindi. Gullar buyurtma asosida Fargʻona vodiysi, poytaxtimiz Toshkent va mamlakatimizning boshqa viloyatlariga yetkazib beriladi. Shuningdek, qoʻshni Tojikiston va Qirgʻizistonga eksport qilinmoqda.
— Gulchilik sohasida Xitoy tajribasini oʻrganib, ushbu yurtdan keltirilgan bir necha turdagi eksportbop gullarni mahalliylashtirishga muvaffaq boʻldik, — deydi Shuhratjon Xoʻjaqulov. — Hozirda Yaponiya, Niderlandiya, Janubiy Koreya davlatlarining gulchilik sohasidagi tajribasini oʻrganish va faoliyatimizga tatbiq etish boʻyicha izlanishlar olib boryapmiz.
Kuni kecha Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov xonadonimizda boʻlib, yutuqlarimizni yuksak eʼtirof etdi. Bu tajribani viloyat miqyosida ommalashtirish zarurligini taʼkidladi. Bunday eʼtibor va ragʻbatdan ruhlanib dehqon xoʻjaligi tashkil etish orqali faoliyatimizni yanada kengaytirish va qoʻshimcha yangi ish oʻrinlari yaratishni maqsad qildim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring