Belarusda oʻzbek sanʼat ustalari ishtirokida konsert dasturi boʻlib oʻtdi
Ayni kunlarda Belarus Respublikasida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri — Slusk shahridagi “Madaniyat uyi”da yuqori saviyada oʻtkazildi.
Yurtimiz sanʼat ustalari ishtirokidagi ushbu tadbirda Oʻzbekiston xalq artistlari, xalqaro va respublika tanlovlari sovrindorlari, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli xonandalari, “Shodlik” ashula va raqs ansambli sozanda hamda raqqosalari oʻz chiqishlarini namoyish etishdi.
Taqdim qilingan konsert dasturi rang-barang boʻlib, unda nafaqat oʻzbek, balki belarus xalqining kuy-qoʻshiqlari hamda jahon klassik opera asarlari sanʼatkorlarimiz tomonidan yuksak mahorat bilan ijro qilindi.
Xususan, “Munojot”, “Oʻzbekistonim”, “Mustahzod”, “Mavrigi”, “Baxshiyona”, “Lazgi”, “Belorussiya”, “Kupalinka”, “Gersog qoʻshigʻi”, “Ispancha balero”, shuningdek, “Surnay navosi”, “Doira zavqi” kabi musiqiy kompozitsiyalar olqishlar bilan kutib olindi.
Mezbon mamlakat vakillari ushbu konsert dasturi orqali madaniyatimiz va sanʼatimiz haqida yanada kengroq tasavvurga ega boʻlib, unutilmas taassurot olganliklarini eʼtirof etdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring