Bel olish va uch kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtdi
24-30-iyun kunlari Namangan viloyati Norin tumanidagi bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bel olish va uch kurash boʻyicha 2006-2007-yillarda tugʻilgan oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi bahslari boʻlib oʻtdi.
Bahslarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 800 nafardan ortiq yosh polvonlar gʻoliblik uchun kurash tushishdi.
Dastlab sportchilar bel olishning halqa-chalish, chalish hamda Uch kurashning yaktakli yoʻnalishlarida belgilangan vazn toifalarida kuch sinashdi.
Shuningdek, bel olish kurashining chalish hamda uch kurashning yaktaksiz yoʻnalishlari boʻyicha ilk bor jamoaviy bellashuvlar ham oʻtkazildi.
Bel olishning chalish yoʻnalishidagi jamoaviy bahslarda 1-oʻrinni Namangan viloyati sportchilari, 2-oʻrinni Sirdaryo viloyati jamoasi egallagan boʻlsa, ikkita 3-oʻrin Andijon va Fargʻona viloyati jamoalariga nasib etdi.
Uch kurashning yaktaksiz yoʻnalishi boʻyicha jamoaviy bellashuvlarda esa Andijon viloyati jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallashdi. Final bosqichida andijonlik polvonlar fargʻonalik yosh polvonlarni 8:7 hisobida magʻlub etishdi. Xorazm viloyati va norinlik (Namangan) sportchilar 3-oʻringa loyiq koʻrildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring