Bektemir Meliqoʻziyevning navbatdagi jangi tasdiqlandi (+video)
Professional boksning superoʻrta vazn toifasida faoliyat yurituvchi charm qoʻlqop ustamiz Bektemir Meliqoʻziyev 30-may kuni Las-Vegas shahridagi Virgin Hotels majmuasida tashkil etiladigan profboks oqshomida ishtirok etadi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Bildirilishicha, 29 yoshli Meliqoʻziyevga oʻsha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi. Jang superoʻrta vazn toifasida, WBA Eliminator maqomida oʻtkaziladi. Ushbu jang gʻolibi keyingi jangini aynan chempionlik kamari uchun oʻtkazadi. Meliqoʻziyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Fulgxem toʻrtinchi pogʻonada bormoqda.
Superoʻrta vaznda meksikalik Saul Alvares WBA cuper kamari sohibi hisoblanadi. Amerikalik Kaleb Plant vaqtinchalik kamarga egalik qiladi. Shuningdek, germaniyalik Uvel Ernandes “WBA Gold” chempioni hisoblanadi.
Shuningdyek, WBA Eliminatori maqomida oʻtkaziladigan ushbu 12 raundlik jang uchun Bektemir Meliqoʻziyev hamkorlik qiladigan “Golden Boy” promouterlik kompaniyasi rasmiy promo-rolikni namoyish etdi.
Maʼlumot uchun, tajribali bokschimiz Bektemir Meliqoʻziyev faoliyati davomida 16 ta jang oʻtkazib, 15 gʻalaba (10 KO) va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qoʻlga kiritilgan 14 ta gʻalaba (12 KO) mavjud.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring