“Bavariya” magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi
Kecha, 18-oktyabr kuni Germaniya Bundesligasining 7-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Bavariya” jamoasi oʻz maydonida “Borussiya Dortmund” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning 22-daqiqasida Harri Keyn hisobni ochdi. Birinchi boʻlim 1:0 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 78-daqiqasida Maykl Olise jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Oradan 6 daqiqa oʻtib, Yulian Brand jamoasining javob golini urdi.
Oʻyin aynan 2:1 hisobi bilan “Bavariya”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali Harri Keynni oʻyin qahramoni deb topdi. Uning harakatlari portal tomonidan 9 ballga baholandi.
“Bavariya” 2:1 “Borussiya Dortmund”
Gollar: Harri Keyn (22), Olise (78) — Yulian Brand (84).
“Bavariya”: Noyer, Upamekano, Ta, Boe (Tom Bishof 84), Laymer, Kimmix, Dias, Olise, Pavlovich (Kim Min Je 90), Keyn, Jekson (Goreska 61).
“Borussiya Dortmund”: Kobel, Anton, Shlotterbek, Zyule (Bensebayni 46), Nmecha, Gross (Brand 83), Zabitser (Bellingem 73), Svensson, Ryuerson, Girassi (Fabio Silva 84), Adeyemi (Bayer 74).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring